← Unico Parfum do‘koniga qaytish

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 27.11.2026

Kim biz

Unico Parfum — Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Navbahor ko‘chasi 55/145 (Yangi bozor) manzilidagi atir va kosmetika do‘koni. Ushbu siyosat unicoparfum sayti va «Unico Parfum» Android ilovasiga tegishli.

Qanday ma’lumot to‘playmiz

Kamera va «Yuz tahlili»: kamera faqat siz «Yuz tahlili» bo‘limini ochganingizda va ruxsat berganingizda ishlaydi. Surat telefoningizning o‘zida tahlil qilinadi va serverga yoki boshqa joyga yuborilmaydi. Natijalarni taqqoslash uchun suratning kichik nusxasi va natija faqat telefoningiz xotirasida saqlanadi; ularni «Tarixni tozalash» tugmasi bilan o‘chirishingiz mumkin. Tahlil uchun kerakli dastur fayllari (Google MediaPipe) internetdan yuklanadi.

Kontaktlaringiz yoki joylashuvingizni olmaymiz. «Do‘konga yo‘l» tugmasi Google yoki Yandex xaritasini ochadi; yo‘lni o‘sha ilova sizning ruxsatingiz bilan hisoblaydi.

Nima uchun ishlatamiz

Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida boshqalarga bermaymiz.

Qayerda saqlanadi

Ma’lumotlar telefoningizda (brauzer xotirasida) va Google Firebase xizmatida saqlanadi. Ularni faqat do‘kon ma’muriyati ko‘ra oladi.

Ma’lumotlaringizni o‘chirish

Ilova yoki saytda Kabinet → Tahrirlash → «Ma’lumotlarimni o‘chirish» tugmasini bosing — ism, telefon, manzil va chat xabarlaringiz o‘chiriladi. Yoki bizga Telegram orqali yozing.

Bog‘lanish

Telegram: @unico_parfum1
Instagram: @unico.parfum
Manzil: Qo‘qon, Navbahor ko‘chasi 55/145, Yangi bozor.